Darya Kasatkina chorasiz qoldi

Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina London shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Uimbldon turnirining chorak finalida o‘z yurishini yakunladi.

U "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda germaniyalik Anjelik Kerberga 3:6, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Endi Kerber musobaqaning yarim finalida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi raqobatalashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!