David Silva "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas

  • 26 iyul, 2018, 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubining ispaniyalik yarim himoyachisi David Silva 2020 yilda nihoyasiga etadigan shartnomasini uzaytirmasligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Manchestert Siti” bilan amaldagi shartnomam yakunlanganida men 34 yoshda bo‘laman. Balkim shundan so‘ng men boshqa jamoada o‘ynashni istab qolarman. Lekin bu ingliz klubi bo‘lmasligi aniq.

Angliyada doim meni yaxshi ko‘rishdi. Bu erda baxtliman. Menga premer-ligada o‘ynash yoqadi”, - deydi Silva.

Ma’lumot uchun, Silva “Manchester Siti” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu vaqt mobaynida “shaharliklar” safida jami 346ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 61ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!