Davlat Bobonov afrikalik raqibidan ustun keldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov Gambiya vakili Terens Kuambaga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda sportchimiz raqibi ustidan vazare bahosi evaziga g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu bosqichda polvonimiz puerto-rikolik Fabian Rodrigesga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar (0)