Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Diqqat qiling, Nadal o‘z taxtiga qaytmoqda

Izohlar: 0

Shveytsariyalik Rodjer Federer “Masters1000” turkumidagi Tsintsinatidagi turnirda ishtirok eta olmasligi ma`lum bo‘lgach, ispaniyalik Rafael Nadal jahonning birinchi raqamli tennischi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur musobaqada o‘tgan yili yarim finalga qadar etib borgan Endi Marrey ushbu turnirni jarohati sabab, o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Shu tariqa, britaniyalik tennischi 600 ochkodan maxrum bo‘ldi.

Ayni vaqtda “layv-reyting”ga ko‘ra, Nadal hisobida 7475 ochko mavjud. Marrey esa 7150 ball to‘plagan bo‘lsa, Federer undan 5 ochko kam jamg‘argan.

Shu tariqa, ispaniyalik raketka ustasi 21 avgustda e’lon qilinadigan yangi reytingda etakchilikni qo‘lga oladigan bo‘ldi.

Nadal so‘nggi bor 2014 yilning 6 iyul sanasida ATP reytingida 1-o‘rinni olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q