Dunyo tennischilari Qarshida bahslashadi
Qarshi shahrida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha xalqaro turnir ertaga boshlanadi.
Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalar taqvimidan joy olgan ushbu musobaqada o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan mahoratli tennischilar bosh sovrin uchun bahs olib boradi.
Musobaqada erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Jo‘rabek Karimov, Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Pavel Tsoy, Saida’lo Saidkarimov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova, Albina Xabibulina hamda Kamola Umarova ishtirok etishi kutilmoqda.

Fikrlar