Ektor Kuper boshliq termamiz Toshkentda Eron bilan o‘ynashi mumkin

Vakillarimiz 6 sentyabr kuni "Milliy" stadionida suriyaliklarga qarshi bahs olib borishsa, 3 oktyabr kuni Shimoliy Koreya bilan, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘FA esa Eron terma jamoasi bilan ham Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Hozirda qolgan FIFA kunlarida  ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga etsa, 11 sentyabr kuni yurtimizdagi futbol muxlislari Osiyoning ushbu grand jamoasini Toshkentda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi", - deyiladi O‘FA tarqatgan rasmiy axborotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!