Elina Svitolina oltinchi marotaba dunyoning birinchi raqamli tennischisini engdi
Ukrainalik Elina Svitolina Rim shahrida o‘tgan musobaqa finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalepni mag‘lubiyatga uchratdi.
U bu g‘alabadan so‘ng, faoliyati davomida qatorasiga oltinchi marotaba dunyoning birinchi raqamli tennischisini enggishga musharraf bo‘ldi.
Elina avval uch marotaba germaniyali Anjelik Kerberni va bittadan amerikalik Serena Uilyams va Simona Xalepni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar