Endi Marrey qovun tushurdi

Tsintsinnati shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi "Western & Southern Open" turnirida birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Unda britaniyalik Endi Marrey frantsiyalik Lyuka Puyga qarshi kortga chiqib, yakunda  1:6, 6:1, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi musobaqaning navbatdagi bosqichida Puy argentinalik Leonardo Mayer va amerikalik Maykl Mmo uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!