Eng sara tennischilar final ostonasida qoqildi
Avstraliyaning Brisben shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirda saralangan tennischilar o‘rtasida dastlabki ikki pog‘onani egallagan kanadalik Milosh Raonich va shveytsariyalik Stanislas Vavrinka final ostonasida qoqildi.
Mukofot jamg‘armasi bir million AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning yarim finalida yaponiyalik Key Nishikori Stanislas Vavrinkani musobaqadan chiqarib yubordi. Osiyolik raketka ustasi uchrashuvda 7:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Bolgariyalik Grigor Dimitrov esa birinchi raqam egasi bo‘lgan Milosh Raonichni dog‘da qoldirdi. Grigor muhim bahsni 7:6, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Turnir finalida Key Nishikori va Grigor Dimitrov o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)