Engil atletika: Kuchli atletlar aniqlanmoqda

BEPUL PROPAN
 

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida engil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionatida ishtirok etayotgan sportchilar bahsi qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqaning navbatdagi kunida yadro uloqtirish bo‘yicha o‘tgan bahslarda Sofiya Burhonova hamda Grigoriy Kamulya eng yuqori natijani qayd etgan bo‘lsa, ettikurash bellashuvida Oleg Poshvin birinchi bo‘ldi. Uzunlikka va uch hatlab sakrashda Nikita Loginov, Dmitriy Pupko, Oksana Molchanova, Viktoriya Dirdina oltin medalni qo‘lga kiritdi.

3000 metr masofaga yugurishda G‘olib Ergashev barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!