Eriksen Daniyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Daniyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Daniya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eriksen shu tariqa faoliyatida davomida ushbu sovringa 4-marta ega chiqdi.
U o‘tgan yil "shporlar" safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U sardorlik qilgan Daniya terma jamoasi JCh-2018ning chorak finaliga qadar etib bora oldi.
Fikrlar