Fakt! "Qo‘qon-1912" Qarshida umuman g‘alaba qozona olmagan
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionati doirasida o‘zaro 19 marta maydonga tushishgan. O‘yinlarning 13 tasida qarshiliklar g‘alaba qozonishgan. To‘rtta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda murosa yo‘li tanlangan. To‘plar nisbati - 20:37 “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda qo‘qonliklar 14 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Ajdarlar”ning bu boradagi ko‘rsatkichi 41 taga teng.
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
23.07. 2018 “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” – 1:0
06.08. 2017 “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” – 3:0
15.04. 2016 “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” – 1:0
02.04. 2015 “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” – 3:0
18.06. 2003 “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” – 4:0
Mavsumdagi to‘rtinchi o‘yin
PEPSI Superligada bu jamoalar uch marta to‘qnash kelishdi. O‘yinlarning ikkitasida durang natija qayd etilgan bo‘lsa, bitta uchrashuvda qarshiliklar g‘alaba qozonishdi. Durang bilan tugagan har ikki bahs ham Qo‘qonda o‘tkazilgan. 23 iyul kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari kichik hisobda zafar quchgan.
Boshlanish vaqtlari
PEPSI Superliga 28-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 1 noyabr kuni soat 18:00da Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. 31 oktyabr kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘zaro maydonga tushishadi.
Fikrlar