Federer yana bir katta natijani qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarda 18 bor g‘olib chiqqan Rodjer Federer bugun bo‘lib o‘tgan Uimbldon turniri birinchi davrasida Aleksandr Dolgopolovga qarshi bahsda katta bir natijaga erishdi.

Federer Uimbldonda rekord o‘rnatdi 

Gap shundaki, 35 yoshli raketka ustasi o‘sha bahsga qadar barcha turnirlarda 9 994 ta eysni amalga oshirgan edi. Bugun Dolgopolovga qarshi o‘yinda esa u 10 000-eysni amalga oshirdi.

Jokovich “dubulg‘alar ustasi”ga aylanmoqda 

E’tiborlisi, bunday natijaga faqat ikki tennischi erishgan edi. Bular Goran Ivanishevich(10 131) va Ivo Karlovich(12 062 ta).

Yana bir ma’lumot, Dolgopolovga qarshi bahs Federer uchun faoliyatidagi 1352-o‘yini bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!