
"Formula-1"da kimlar etakchilik qilmoqda?
"Formula-1" bo‘yicha ortda qolgan Braziliya Gran-prisidan keyin "Mersedes"ning britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton umumiy hisobdagi etakchiligini yanada mustahkamlab oldi.
Poygachi ushbu startdagi g‘alabasidan keyin ochkolari sonini 382 taga etkazib oldi. Bu esa yil yakunigacha uni hech kim quvib o‘tolmaydi degani demakdir. Konstruktorlar poygasida esa kutilganidek "Mersedes" jamoasi oldinda. Germaniyaliklar hisobida 620 ochko bo‘lsa, ularning eng yaqin ta’qibchisi "Ferrari" hisobida 553 ochko mavjud. Batafsil:
Poygachilar
- Lyuis Xemilton – 383 ochko
- Sebastyan Fettel – 302
- Kimi Raykkonen – 251
- Valtteri Bottas – 237
- Maks Ferstappen – 234
- Daniel Rikkardo – 158
- Niko Xyulkenberg – 69
- Serxio Peres – 58
- Kevin Magnussen – 55
- Fernando Alonso – 50
- Esteban Okon – 49
- Karlos Sayns-kichik– 45
- Romen Grojan – 35
- Sharl Lekler – 33
- Per Gasli – 29
- Stoffel Vandorn – 12
- Markus Eriksson – 9
- Lans Stroll – 6
- Brendon Xartli – 4
- Sergey Sirotkin – 1
Konstruktorlar kubogi
- «Mersedes» – 620 ochko
- «Ferrari» – 553
- «Red Bull» – 392
- «Reno» - 114
- «Xaas» – 90
- «Maklaren» – 62
- «Fors-Indiya» – 48
- «Zauber» – 42
- «Toro Rosso» – 33
- «Uilyams» – 7
Fikrlar