
Frantsiyaga kimlar etishmadi?
Millatlar Ligasidan o‘rin olgan Gollandiyaga qarshi bellashuvda amaldagi Jahon chempionlari kutilmaganda safarda 2-0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Frantsiya matbuoti buni terma jamoa bosh murabbiyi – Dide Deshamning futbol falsafasi kasodga uchray boshlagani bilan izohlayotgan bo‘lsa, boshqa OAV vakillari esa «xo‘rozlar»ga muhim etakchi futbolchilarning ishtirok etmagani bilan oqlamoqda. Ikkinchi toifa vakillarining gapida jon bormi? Ehtimol, quyidagi uch asosiy futbolchilarning Gollandiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmagani jamoaning o‘yiniga jiddiy ta’sir qilgandir. Boisi quyidagi uch futbolchi himoya va yarim himoya chiziqlarining qo‘rg‘onlari edi.
Pol Pogba
Texnik va xarizmatik etakchi! U Jahon Chempionatida uni sayyoramizning eng yaxshi yarim himoyachilardan biri ekanligiga shubha qiluvchilarning «og‘zini yopib» qo‘ygandi. Muntazam ravishda yuqori sport formasini ko‘rsatgan Pogba «ko‘klar»ning o‘yinini uzoqdan turib boshqargandi. Quyiroqda raqibdan to‘pni olib qo‘yib uni mohirlik bilan hujumchilarga etkazib berishi juda asqotgandi. Lolalar mamlakati vakillariga qarshi bellashuvda aynan uning ijrosi termadoshlariga etishmadi.
Chunki uning o‘rinbosari Stiven Nzonzi xatto o‘zining saviyasidagi o‘yinni ham ko‘rsata olmadi. Pogbadagi sifatlarku unda juda kam. Hujum va himoyaga o‘tish, havfli vaziyatlardagi sovuqqonlik, kerakli vaziyatda o‘zini ko‘rsata olish kabi xususiyatlar Nzonzida ko‘rinmadi. Pogba shuningdek hujumchilari bilan ham ajoyib hamkorlik o‘rnatib olgandi. Uning to‘pni egallagani zahoti Antuan Grizmannga yoki Olive Jiruga to‘pni etkazishi, yo bo‘lmasa yosh Mbappe bilan hamkorlik o‘ta havfli vaziyatlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib kelgan. Xullas Pogba «uch ranglilar» safida kerak bo‘lgan muhim figuralardan biri edi.
Lyuka Ernandes
«Uning termadagi o‘rni keyingi o‘n yillikda kafolatlangan!» Jahon Chempionatini yuqori sport formasida o‘tkazgan Ernandes haqida aytilgan iliq fikrlardan biri shunday. «Ko‘klar»ning boshqa biri Lyukasi, ya’ni Din «Atletiko» futbolchisiga jiddiy raqib bo‘la olmaydi. Gollandiyaga qarshi buhsda «Barsa»ning sobiq vakili himoyaviy jihatdan o‘zini ko‘rsata olmadi, ammo Grizmannga uzatgan o‘tkir uzatmasi uning o‘yinini qoniqarli deyishimizga asos bo‘la oladi. Raqibni jiddiy tarzda kutib oladigan, o‘z traektoriyasini osonlik bilan o‘zgartira oladigan va hujumlarga tezkorlik bilan qo‘shila oladigan Ernandes Frantsiyaga juda-juda kerak bo‘ldi. Gollandlarning hujum uchligi (Depay – Bergveyn - Babel) boshqaruviga albatta qanot himoyachilari mas’ul bo‘ladi. O‘ng qanotda Pavar va Sidibelar hozirgi echim bo‘lsada, ular ham ishonchsiz o‘yin ko‘rsatmoqda, chap qanotdagi yaqin kelajak albatta Lyuka Ernandesga tegishli. Benjamin va Ferlan Mendilar hamon sport formasini tiklab olishmagan bo‘lsada, «matroslar»ning vakili yo‘qligi Desham uchun navbatdagi bahona bo‘lishi mumkin.
Samuel Umtiti
«Katta Sem» endi-endi olgan jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytayotgan bo‘lsa, uning yo‘qligi nafaqat «Barselona»ga balki terma jamoasiga ham zarar bo‘lmoqda. Ayniqsa himoyadagi muvozanat usiz buzilib qolgan. Uning o‘rinbosari Presnel Kimpembe Islandiya va Germaniyaga qarshi yomon o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsada, Umtitining yo‘qligi ba’zi epizodlarda yaqqol bilindi. Yuqori sport formasi va raqib zarbalarni bartaraf qilishdagi ishtiroki Lorisga juda asqotib kelayotgandi. Usiz Lorisning ko‘rsatayotgan seyvlari soni ancha ortib bormoqda. Boz ustiga uning Rafael Varan bilan ajoyib hamkorligi terma jamoa muvaffaqiyatlarining yutuqlaridan biri edi. Kimpembe ham iste’dodli ekanligiga qaramay hali o‘rganadigan narsalari ko‘p. Yaundelik himoyachining o‘rnini to‘ldirish oson emas.
Fikrlar