Frensis Tiafo Portugaliyada finalga chiqdi
Amerikalik tennischi Frensis Tiafo "Millenium Estoril Open" turnirining final bosqichiga chiqdi.
Frensis Portugaliyada o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa zafar quchgan Tiafo turnirning so‘nggi uchrashuvida mezbon tennischi Joao Sousga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar