Futzal: AGMK – O‘zbekiston chempioni!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

10-11 noyabr kunlari futzal bo‘yicha Superligada 21-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hali chempionat tugashiga yana bir tur bo‘lsa-da, 21-turdanoq chempion, vitse-chempion va 3-o‘rin sohiblari nomi aniq bo‘ldi.

 

Oxirgi 3 mavsumdan buyon chempionat oltin medallariga ega bo‘lib kelayotgan Olmaliqning AGMK jamoasi 21-turda «Lokomotiv»ga qarshi bahs olib bordi va ikkala kungi o‘yinlarda ham g‘alaba qozondi. Natijada olmaliqliklar ochkolari soni 111 taga etdi va 2-o‘rindagi “Paxtakor” (102 ochko) so‘nggi turdagi ikkala o‘yinda 6 ochko olsa ham AGMKga eta olmasligi oydinlashdi. Shu tariqa AGMK qatorasiga 4-yil O‘zbekiston chempioni unvoniga ega chiqdi. Kumush medallar “Paxtakor” futzalchilariga, bronza medallari esa “Neftchi” vakillariga nasib etishi oydinlashdi.

21-tur natijalari. 10 noyabr

«Neftchi» - «Qizilqum» 7:6

«Nasaf» - «Bunyodkor» 5:3

«Paxtakor» - «Metallurg» 3:2

AGMK - «Lokomotiv» 12:1

«So‘g‘diyona» - «Buxoro» 7:2

«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» 8:6


21-tur natijalari. 11 noyabr

«Neftchi» - «Qizilqum» 10:1

«Nasaf» - «Bunyodkor» 2:10

«Paxtakor» - «Metallurg» 3:3

AGMK - «Lokomotiv» 4:0

«So‘g‘diyona» - «Buxoro» 3:0

«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» 6:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!