Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga ketish oldidan kecha so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

  • 24 avgust, 2017, 12:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-31 avgust kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida yig‘in o‘tkazadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa bugun tongda Rossiyaga uchib ketdi.

Kecha jamoa safar oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Unda darvozabon Akmal Xazratqulov engil shamollagani bois ishtirok etmadi, qolganlar to‘liq shug‘ullanishdi. Bundan tashqari, yoshlar terma jamoamiz kiperlari Sunnatjon Anvarov va Mirislom Miralievlar ham mashg‘ulotda ishtirok etishdi.

Safaroldi mashg‘ulot bo‘lgani sabab murabbiylar og‘ir mashqlardan foydalanishmadi, asosan o‘yin payti yuzaga keladigan turli vaziyatlar, o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilish va to‘p bilan ishlashga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyaga boradigan tarkibi haqida oldinroq xabar berilgan edi. Terma jamoa Ekaterinburgda Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi ikkitadan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!