Fyuchers. Saida’lo juftlikda kurashdan chiqdi
Rossiyaning Qozon shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda. Hamyurtimiz Saida’lo Saidkarimov ushbu musobaqaning juftlik musobaqalarida Markos Kalovelonis bilan birga ishtirok etdi.
Fyuchers. Saida’lo Qozonda ishonchni oqladi
Ushbu juftlik chorak finalda rossiyalik Denis Matsukevich xamda Evgeniy Tyurnev juftligi bilan bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda 2:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergan Saida’lo va uning sherigi juftlik bahslaridagi yurishini yakunladi.
Tennischimiz endi bor e’tiborini yakkalik bahslarida chorak finalda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaratadi.


Izohlar (0)