Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Fyuri Parkerdan revansh talab qilmoqda

Izohlar: 0

Britaniyalik bokschi Xyui Fyurining otasi va murabbiyi Piter Fyuri o‘g‘lining Jozef Parker bilan bo‘lgan chempionlik jangidagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jang Toshkent vaqti bilan 23 sentyabrdan 24 sentyabrga o‘tar kechasi Manchesterda bo‘lib o‘tgan edi.

– Men Xyuining g‘alaba qozonganiga ishongandim va u bunga etarlicha harakat qildi. Biz apellyatsiya berdik va revansh olishga harakat qilamiz. Bu shunchaki kulguli. Xyui Parker bilan jangda juda aql bilan urushdi. Ko‘ramiz, revansh bo‘larkanmi yoki yo‘q. Biz bunday imkoniyatni mamnuniyat bilan qarshi olamiz.

– Agar yo‘q bo‘lsa, Lukas Braunning Fyuri va Parkerni bir kechada nokautga uchrataman deganini eshitganman. Aynan bu Xyui uchun keyingi to‘qnashuv bo‘lishi mumkin. Hozircha jangni aprelga rejalashtiryapmiz. Umid qilamanki, Braun bunga rozi bo‘ladi. Sababi biz unga yaxshigina pul taklif qilamiz, – deydi Piter Fyuri BoxingScene nashriga.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q