Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Gael Monfis yarim finalda o‘ynaydi

Zohir2018
Izohlar: 0

Gael Monfis muvaffaqiyatli odimlamoqda

Frantsiyalik Gael Monfis va litvalik Richardas Berankis Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.

Mazkur uchrashuv uch set davom etdi. Unda Gael raqibini 6:1, 6:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.

Endi "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirida Monfis gretsiyalik Stefanos Tsitsipas yoki polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q