«Latsio» Kataldi bilan shartnomani uzaytirmaydi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Latsio» joriy mavsumdan so‘ng 2013 yildan beri jamoada o‘ynab kelayotgan Danilo Kataldi bilan shartnomani uzaytirmaydi.
Transferlar bozori bo‘yicha ekspert Nikolo Skira Danilo Katal’dining kelajagi haqida muhim ma’lumot bilan bo‘lishdi. Uning xabar berishicha, «Latsio» 32-raqamda to‘p suradigan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyida yakuniga yetadi. Shu tariqa, Katal’di joriy mavsum tugagach, «burgutlar» safini tark etishi kutilmoqda.
Tajribali futbolchi 2013 yildan buyon Rim klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Biroq ayrim mavsumlarda ijara asosida boshqa jamoalarda ham to‘p surgan. Jumladan, 2024/2025 yildgi mavsumni «Fiorentina»da o‘tkazgan.
Izohlar (0)