Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Gamburg-2017: Bahodir Jalolov raqibini 1 raundda ag‘dardi

Izohlar: 0

Biroz avval Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov o‘zining turnirdagi ilk jangini daniyalik Kim Larsenga qarshi o‘tkazdi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda hamyurtimiz o‘yinni katta ustunlik bilan o‘tkazdi va raqibini o‘zining tezkor va juda kuchli zarbalari bilan "siyladi". Daniyalik bokschi esa Bahodirga 1 raund ham turib bera olmadi va Jalolov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang g‘olibi keyingi bellashuvni 29 avgust kuni kechki dasturda qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabaev hamda germaniyalik Maks Kellar juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q