Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorovdan ajoyib g‘alaba
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonliq qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchunchi kungi bellashuvlarida yana bir bokschimiz ishtirokini boshladi.
64 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov ilk to‘qnashuvda anchayin kuchli bo‘lgan kolumbiyalik Jon Guterresga qarshi bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz katta ustunlik bilan raqibini engdi va xattoki ikkinchi raundda kolumbiyalik bokschini nokdaun holatiga ham tushurib qo‘yishga erishdi.
Hakamlar esa bir ovozdon Xoldorovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
Birozdan so‘ng vakillarimizdan Sanjar Tursunov (81 kg) ringga ko‘tarilsa, kechki janglar dasturida Hasanboy Do‘smatov (49 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) o‘z yurishlarini boshlaydi.

Fikrlar