Gamburg-2017: Isroil Madrimovdan super nokaut!

  • 27.08.2017 23:54
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari davom etmoqda. Vakillarimiz ishtirokidagi bugun o‘tayotgan so‘nggi jangda 75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi.

Umidli bokschimizga qarshi ringda turkmanistonlik Aziz Achilov ko‘tarildi.

Katta ustunlik ostida o‘tgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz  jangni muddatidan avval tugatdi.

Madrimovning kuchli zarbalarini qabul qilib olgan Achilov jang davomida 3 bor nokdaun holatiga tushdi va uchinchi raundda referi jangni to‘xtatishga qaror qabul qildi.

 

Endi Isroil  keyingi bosqichda 29 avgust kuni amerikalik Ilsey Troy va misrlik Hosan Abdin juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!