Germaniyalik futbolchilar JCh-2018 vaqtida rejimga rioya qilishmagan
Germaniya terma jamoasi a’zolari JCh-2018 davrida rejimga rioya qilmaganlari ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra amaldagi jahon chempionlari tonggacha PlayStation o‘ynab chiqishgan. Shu sabab Germaniya futbol ittifoqi vakillari terma jamoa bazasidagi Wi-Fi qurilmasini o‘chirishga majbur bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi yakunda o‘z guruhida so‘nggi o‘rinda qolib, musobaqani muddatidan avval tark etgan edi.



Fikrlar