Germaniyalik yana bir mutaxassis APL klubida ish boshladi
Angliyaning "Xaddersfild" klubi o‘zining yangi bosh murabbiyini tanishtirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra endilikda APL klubini Yan Zivert boshqaradi. 36 yoshli germaniyalik mutaxassis “Xaddersfild” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Zifert bungacha “Borussiya” Dortmunding o‘rinbosarlar tarkibiga ustozlik qilib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Xaddersfild” o‘tgan hafta Devid Vagnerni iste’foga chiqargan edi. Jamoa ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 20-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar