Golovkin navbatdagi jangini Nyu-Yorkda o‘tkazadi

  • 18.12.2016 13:11
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasining WBA, WBC va IBF kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin o‘zining navbatdagi jangini 18 mart kuni Nyu-Yorkda o‘tkazadi. Uning bu galgi raqibi amerikalik Deniel Jeykobs bo‘ladi

– Bu rasman tasdiqlangan. Men 18 mart kuni Nyu-Yorkda Jeykobs bilan jang qilaman. O‘sha erda ko‘rishguncha, – deb yozadi Golovkin o‘zining “Twitter” sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin o‘zining so‘nggi jangini 11 sentyabr kuni britaniyalik Kell Brukka qarshi o‘tkazib, 5-raundda raqibini nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!