Golovkinning tishini qoqib olishmoqchi
O‘rta vaznda to‘rt yo‘nalish - IBO, WBA Super, WBC, IBF chempioni Gennadiy Golovkinni jangga chorlayotgan da’vogar bokschilar safi tobora ortib bormoqda. Turkiyalik mashhur promouter Ahmad Oner qo‘l ostida Gennadiy Golovkinni (36-0, 33 KO) do‘pposlashga qodir bokschi borligini oshkor qildi.
- Avni Yildirim va Gennadiy Golovkin uchrashuvi - asr jangi bo‘ladi, - dedi Ahmad Oner. - Golovkin doim o‘zidan jussasi kichik bokschilar bilan jang qiladi. Agar u Avni o‘xshagan baquvvat yigitga qarshi ringga chiqsa nima bo‘lishini tasavvur qilavering. Xatto Kell Bruk ham Gennadiyni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Agar Kellning o‘rnida Avni bo‘lsa, Golovkinning tishlarini qoqib oladi.

Professional ringda 14 ta jang o‘tkazib, barchasini o‘z foydasiga hal qilgan Avni Yildirim sparring janglaridan birida raqibining tishlarini sindirib tashladi.

Izohlar (0)