Gvido Pelya o‘z yurtida tengsiz
Argentinalik tennischi Gvido Pelya "Argentina Open" musobaqasining yarim final bosqichga muvaffaqiyatli chiqib oldi.
Gvido turnirning chorak finalida ispaniyalik Xaum Munyarni uch setda, 6:7, 7:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Buenos-Ayres" shahrida o‘tayotgan turnirning yarim finalida Pelya italiyalik Marko Chekkinatoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar