Hamidjon Aktamov: O‘z guruhimizda peshqadam bo‘lmoqchimiz

"Bugungi o‘yinda futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatib, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldimizda yana bir qator muhim uchrashuvlar bor. Bu bellashuvlarda ham g‘alaba qozonib, o‘z guruhimizni peshqadam sifatida yakunlashga harakat qilamiz... Uchrashuvga to‘xtalatadigan bo‘lsam, golga tortadigan ko‘plab vaziyatlarni yaratidik. Faqat ularning ikkitasidan samarali foydalana oldik. Ikkinchi goldan mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishdi. Oradagi farqni qisqartirishdi ham. Ammo g‘alabani saqlab qola oldik. Oldimizga qo‘yilgan maqsad sari odimlashda davom etamiz", - deya Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qizilqum" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!