Hasanboy, Elnur, Isroil va Shahram finalda kimlar bilan jang qiladi?

  • 7 aprel, 2017, 09:29
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar bokschisi Tailand poytaxti Bangkok shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirining finalida ringa chiqadi.

Turnirning eng mashhur bokschisi Hasanboy Do‘smatov 49 kilogramm vazn toifasidagi final uchrashuvini hindistonlik Shiyam Kumar Kakaraga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Hasanboy Do‘smatov final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi

64 kilogramm vaz toifasida ringa chiqayotgan Elnur Abduraimov oltin medal uchun mezbonlar vakili Vittichai Masukka qarshi ringa chiqadi.

Og‘irligi 69 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Sadriddin Ahmedov bilan raqobatlashadi,

Hasanboy Do‘smatovning Tailanddagi jangi (video)

Final uchrashuvlari orasida eng keskin va murosasiz bahs 75 kilogramm vazn toifasida bo‘lishi kutilmoqda. Unda dunyodagi eng kuchli boks maktabi vakillari - hamyurtimiz Isroil Madrimov va kubalik Osley Iglesias Estrada o‘zaro kuch sinashadi.

Hasanboyning raqibi zarbalarga dosh berolmadi (video)

Final uchrashuvilari 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!