Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Hasanboy Do‘smatov - xalqaro mukofot laureati

Izohlar: 0
Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xo‘jaev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Hasanboy Do‘smatov va Ravshan Xo‘jaev sovrin topshiraladigan gala-kontsertda ishtirok etish uchun 1 dekabr kuni Odessa shahriga jo‘nab ketadi.
"Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an’ananalrini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivoji hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e’zozlash maqsadida tasis etilgan.
Ushbu mukofotga 2009 yili asos solingan. 2012 yildan buyon mukofot xalqaro miqyosda beriladi.
"Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q