Hasanboy Do‘smatov ringga qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Poytaxtimizda boks bo‘yicha boshlangan Osiyo chempionatida qit’amizning 28 davlatidan 200 nafarga yaqin eng kuchli bokschilar ishtirok etmoqda.
Ko‘pchili boks muxlislari va mutaxassislarini Osiyo chempionatining asosiy yulduzi - Olimpiya o‘yinlari chempioni va Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do‘smatovning jangi qiziqtirayotgani sir emas.
1 mayga belgilangan janglar soat 12 dan boshladi. Musobaqaning bu qismida Murodjon Ahmadaliev turkmanistonlik Shodlikmurod Murodov bilan jang o‘tkazadi. Kunduzgi dasturlarda Iqboljon Xoldorov hindistonlik Ashish bilan bellashadi.
Osiyo chempionatida engilmagan o‘zbek bokschilari
Osiyo boks konfederatsiyasi: Eng yorqin yulduz Hasanboy Do‘smatov bo‘ladi
O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga o‘ta kuchli tarkib tanladi
Nihoyat, 18:00 da boshlanadigan kechki dasturda birinchi bo‘lib Hasanboy Do‘smatov ringga chiqadi. Chempionlik unvonini himoya qiladigan hamyurtimiz birinchi uchrashuvini Shri-Lanka vakili Pallexa Tivanka bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, Isroil Madrimov falastinlik Qosim Abudabaat mahoratini sinovdan o‘tkazsa, Sanjar Tursunov koreyalik Kim Xyongkyuga qarshi ringga ko‘tariladi.
Izohlar (0)