Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Hech kim kutmagan tennischi bosh sovrinni ilib ketdi

Izohlar: 0
Avstraliyaning Xobart shahrida o‘tkazilgan xalqaro tennis turniri hech kim kutmagan natija bilan yakunlandi.
Musobaqaning asosiy to‘riga saralash turniridan yo‘llanma olgan belgiyalik Elise Mertens barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Finalgacha bo‘lgan bahslarda Elise ettinchi raqamda saralangan frantsiyalik Kristina Mladenovich, amerikalik Sachiya Vikeri, birinchi raqam egasi - niderlandiyalik Kiki Bertens va xorvatiyalik Yana Fettdan ustun keldi.
Bosh sovrin uchun o‘tkazilgan o‘yinda Elise Mertens uchinchi raqamda saralangan ruminiyalik Monika Nikulesku bilan raqobatlashdi. Ruminiyalik tajribali tennischi raqibasinining shiddatiga etarlicha qarshilik ko‘rsatolmadi. Elise 6:3, 6:1 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega bo‘ldi.
SPORTS.uz
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q