Humoyun Sultonov barchani lol qoldirdi

  • 30 oktabr, 2017, 21:40
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Malayziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov asosiy to‘rga chiqdi.

Tecno

Humoyun Sultonov sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslari so‘nggi uchrashuvida shveytsariyalik Mirko Martinesga qarshi kortga chiqdi.

O‘yinning birinchi setini 2:6 hisobida boy berib qo‘ygan Humoyun, ikkinchi va uchinchi setlarda o‘yin uslubini o‘zgartirdi va qolgan setlarni 6:0 hisobida yutib oldi.

Shu tariqa, H.Sultonov asosiy to‘rning birinchi davrasida latviyalik Martinsh Podzush bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!