Ivo Karlovichga Xyustonda omad kulib boqmoqda
Xorvatiyalik tennischi Ivo Karlovich Xyustonda o‘tayotgan musobaqaning chorak finaliga chiqdi.
Ivo musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Denis Kudlani har ikkala setba 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi u "US Men's Clay Court Championship - 2018" turnirining yarim finaliga chiqish uchun amerikalik Born Fratandjelo,yoki avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar