Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Jahon OAV Ronalduning debyuti haqida nimalar yozdi?

Shahzod
Izohlar: 0

Kecha besh karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronaldu o‘zining "Yuventus" safidagi dastlabki rasmiy o‘yinida ishtirok etdi.

Portugaliyalik futbolchining "keksa sinora" safidagi ilk o‘yinida juda katta auditoriya to‘pladi va ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ldi. Biz esa jahondagi mashhur OAVning Ronalduning debyuti haqida nimalar yozishganini ko‘rib chiqishga ahd qildik.

LA GAZZETTA DELLO SPORT: Ronaldu qo‘riqchisi bilan chiqdi

"Ronaldu bilan nimalar sodir bo‘ldi? U o‘z formasiga kirib olganidan so‘ng barchasi joyiga tushib ketadi. Ronaldu kechagi o‘yinda tez-tez darvozaga zarba berib turdi va birinchi bo‘limda gol urishga ham yaqin keldi. Biz hammamiz ko‘rdik, u ajoyib futbolchi. Uni huddi rok-yulduzidek qarshi olishdi. Krishtianu yonida qo‘riqchilar  bilan paydo bo‘ldi. Har xolda provintsiyalardagi o‘yinlar Ispaniyadagi kabi og‘ir kechadi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak".

MARCA: Ronalduning italyancha quvonchi

"Biz bu mavsum A Seriyadagi barcha voqeliklar Ronalduning atrofida aylanishini kutyapmiz. Portugaliyalik birinchi o‘yiniga qanday tayyorlanganligini qanday maydonga tushishini  va qay tarzda o‘yin oldi mashg‘ulotlarida qatnashishini ko‘rdik. Ronalduning qo‘li tufayli "Yuventus"ning goli VAR tizimi orqali bekor qilindi va bu Krishtianu uchun eng yaxshi debyut bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada, jamoa g‘alaba qozondi. Ronaldu bundan xursand bo‘lishi mumkin. Bu uning Italiyadagi dastlabki g‘alabasi, oldinda yana 37 ta o‘yin bor".

L'Equipe: "Kevo" Ronalduga imkon qoldirmadi

"Yuventus"da ko‘p narsa o‘zgardi, ammo vaziyat eski holicha qoldi. Buffon va Markizio ketdi, biroq bu jamoaga, hususan uning ruhiga ta’sir etmadi. "Yuventus" Veronada oxirigacha kurashdi va yakunda g‘alabaga erishdi. "Kevo" ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Har xolda Ronalduning A Seriyadagi debyut o‘yinida unga imkon qoldirmadi".

GLOBOESPORTE: Ronalduning debyut o‘yinida "Yuventus"ning qiyin g‘alabasi

"Ronaldu o‘yinda ko‘p ishtirok etdi, asosan marakziy hujumda o‘ynadi. Hujum tashkil qilishga ko‘maklashish uchun qanotlarga ham o‘tib turdi. Imkoniyat  bo‘lmagani uchun gol urolmadi. Ronaldu darvozaga sakkiz marta zarba berdi va aksariyatini darvozabon Sorrentino bartaraf etdi. O‘yin so‘nggida maydonda Manjukich paydo bo‘lgach, chap tomonda ko‘proq harakat qildi va bir nechta xavfli vaziyatlarni sodir etdi. Krishtianu jamoasi kiritgan birorta golda ishtirok etmadi, ammo "Yuventus" bilan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi". 

KICKER: Ronaldu gol urmadi, ammo o‘zida ishonch hissi paydo bo‘ldi

"Yuventus" hisobni tezkor tarzda ochishga erishdi. Biroq buni portugaliyalik yulduz emas, Xedira amalga oshirdi. Ronaldu 18-daqiqada "Kevo" darvozasini ishg‘ol etdi, hisob. O‘sha kezda "Yuventus" hisobni 2:0 yoki 3:0 ko‘rinishga keltiradigan imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Yakunda esa 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani ko‘lga kiritdi. Kechagi o‘yinda Ronaldu gol urmadi, ammo o‘zi ishonch hosil qildi va jamoasi uch ochkoni qo‘lga kiritdi".

Shahzod Xolboev tarjimasi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q