Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Jasur Ahmadjonov 9 sentyabrda ringga ko‘tariladi

Zohir2018
Izohlar: 0

Sentyabrda bizni ajoyib janglar kutmoqda

Filippinning Janubiy Kotabato viloyatida 9 sentyabr kuni professional boks kechasi o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

Mazkur musobaqada hamyurtimiz Jasur Ahmadjonov (6-0-1) filippinlik Nelson Tinampayga (12-7-1) qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, yosh bokschimiz Bekzod Tursunboev (1-0-0) o‘zining ikkinchi jangida yana bir mezbon sportchisi Ryan Maano (3-8-2) bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur va Bekzoddan tashqari musobaqada iste’dodli bokschimiz Ulug‘bek Sobirov ham ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q