Jiru mavsum yakunlangach Turkiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 02.03.2019 08:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" forvardi Olive Jiruning jamoadagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Fanatik nashrining yozishicha 32 yoshli frantsiyalik futbolchiga Turkiyadan taklif mavjud. Aniqrog‘i unga"Fenerbaxche"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jiruning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida jami 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!