Jokovich raqibining rafiqasiga e’tibor qaratdi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Professional tennischilar uyushmasining yakuniy chempionatida britaniyalik Endi Marreyga bosh sovrinni yutqazgach, raqibining rafiqasi Kimni maqtadi.
- Final uchrashuvida yutishim uchun umuman imkon yo‘q edi, - dedi Novak Jokovich. - Uchrashuv boshidan yomon o‘ynadim. Oxirgi besh-olti oy davomidagi o‘yinlarim ancha sust chiqmoqda. Endi bu yutuqdan bahra olsin va keyingi mavsumda birinchi raketka maqomini himoya qilishni o‘ylab ko‘rsin. Lekin bu yil uning rafiqachi Kim farzandli bo‘ldi va eridan ko‘p mehnat qilgani aniq.
Endi va Kim fevral oyida qizlik bo‘lgan edi.

Izohlar (0)