Jokovich “taxt”ga qaytishi mumkin
Bundan biroz avval “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turnirining chorak finalida jahonning birinchi raketkasi Endi Marrey aqshlik Sem Kuerriga mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Shu bois, britaniyalik tennischi ATP reytingida etakchilikni boy berishi mumkin.
Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi uchun turnir yakunlandi
Uning o‘rniga da’vogarlik qilayotgan Rafael Nadal chorak finalga ham chiqa olmagan bo‘lsa, Novak Jokovich ATP reytingida etakchilikni qo‘lga olishi uchun, bugun Tomash Berdixni mag‘lub etishi va yarim finalda Federer(Shveytsariya) yoki kanadalik Milosh Raonichni mag‘lub etgan xolda turnirda chempion bolishi lozim bo‘ladi.
Izohlar (0)