Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Jokovichni yana hafa qilishdi

Izohlar: 0

Jahonning eng kuchli tennischisi maqomini britaniyalik Endi Marreydan qaytarib olishga harakat qilayotgan serbiyalik Novak Jokovich joriy mavsumda sovrinlarni qo‘lga kiritishga qiynalmoqda.

Jokovich 2017 yili faqatgina yanvarning ilk kunlari Qatarda o‘tkazilgan nufuzli turnir g‘olibi bo‘ldi xolos. Qolgan turnirlardagi urinishlari bekor ketib, tennischi musobaqalarni erta tark etmoqda.

Dunyoning eng kuchli tennischilari hafta boshidan buyon Monakodagi "Masters" turkumiga kiruvchi "Monte-Carlo Rolex Masters - 2017" turnirida ishtirok etmoqda.

Novak Jokovich ham o‘z oldiga mukofot to‘rt yarim million AQSh dollaridan oshiq bo‘lgan musobaqaning bosh sovrini uchun kurashayotgan edi. Biroq, serbiyalik raketka ustasi bu gal yarim final ostonasidan ortga qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqaning chorak finalida quyidagi natijalar qayd etildi:

Albert Ramos (Ispaniya, 15) — Marin Chilich (Xorvatiya, 5) 6:2 6:7 6:2

Lyuka Pui (Frantsiya, 11) — Pablo Kuevas (Urugvay, 16) 6:0 3:6 7:5

David Goffen (Belgiya, 10) — Novak Jokovich (Serbiya, 2) 6:2 3:6 7:5

Rafael Nadal (Ispaniya, 4) — Diego Shvartsman (Argentina) 6:4 6:4

Musobaqaning yarim finalida Albert Ramos — Lyuka Pui va Rafael Nadal — David Goffen o‘yinini ko‘ramiz.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q