Jorjino o‘zi bilan birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 30.09.2018 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjino faoliyati davomida o‘zi bilan birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi.

“Eden Azar - har safar to‘pga tekkanda gol uradigan yoki xavfli vaziyat yarata oladigan futbolchi. U boshqalardan ajralib turadi, u ajoyib salohiyatga ega va u shubhasiz men birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi. U o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qilishi mumkin, u yo‘q joydan ham vaziyat yarata oladi. Bularning barchasi uning jamoadoshlariga katta ishonch bag‘ishlaydi”, - deydi Jorjino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!