Jurnalistlar diqqatiga!

Ispaniyada karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida  bo‘lib o‘tdi.
 
Chempionatda dunyoning 100dan ortiq davlatdan 1000ga yaqin karatechilar g‘oliblik uchun bahslashdi. Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib kumush medalni qo‘lga kiritdi.
 
Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi tomonidan ertaga, 1 noyabr kuni soat 11:00da Olimpiya shon-shuxrat muzeyida OAV hodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.
 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!