"Kardiff" tarixidagi eng qimmat futbolchi aviaxalokatda vafot etgan deb topildi

  • 23 yanvar, 2019, 19:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq "Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Sala joylashgan samolyot avianazoratchilarning radaridan yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan edik.

U kecha oqshom samolyotda Frantsiyaning Nant shahridan Kardiff tomon yo‘lga chiqqan edi. Uchar qurilmaning La-Mansh bo‘g‘ozi yaqinida g‘oyib bo‘lgani esa erta tongda ma’lum bo‘lgan.

Mahalliy nashrlar tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyotda  ikki nafar yo‘lovchi, jumladan Sala ham bo‘lgan. Bugun uning aviaxalokatda halok bo‘lgani haqida rasman e’lon qilindi. Ammo, qidiruv-qutqaruv xodimlari uning jasadini topish ishlari davom ettirishadi.

Ma’lumot uchun, Salaning "Nant"dan "Kardiff"ga transferi 20 yanvar kuni e’lon qilingan edi. Uning uchun uelsliklar o‘zlari uchun rekord bo‘lgan 20 mln evro to‘lashgani aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!