Karen Xachanov chorak finalga chiqa olmadi
Zohir2018
Karen Xachanov mag‘lub bo‘ldi
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Bolgariyada o‘tayotgan "Sofia Open" turnirining ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Karen ushbu bosqichda italiyalik Matteo Berrettiga uch setda 7:6, 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan mazkur musobaqaning chorak finalida Berrettining navbatdagi raqibi ruminiyalik Mariush Kopil, yoki ispaniyalik Fernando Verdasko bo‘ladi.

Izohlar (0)