Karolin Plishkova "Porsche"ni uyiga olib ketmoqchi
Chexiyalik tennischi Karolin Plishkova "Porsche Tennis Grand Prix" turnirini muvaffaqiyatli boshladi.
U musobaqaning birinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqdi. Karolinaning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinda 6:2, 6:2 hisobi qayd etildi.
Shtutgart shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida Plishkova rossiyalik Veronika Kudermetova, yoki ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar