Karolin Voznyatski dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanmoqchi edi
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski Rimda o‘tayotgan musobaqaning chorak final bosiqichidan o‘ta olmadi.
U turnirning yarim final ostonasida estoniyalik Anett Kontaveytga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Internazionali BNL d'Italia" turniri yarim finaliga chiqqan Kontaveyt ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Agarda mazkur bosqichda Karolin g‘alaba qozonib, ruminiyalik Simona Xalep mag‘lubiyatga uchraganda daniyalik tennischi reyting jadvalida birinchi pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lar edi. Afsuski, Voznyatskiga omad kulib boqmadi.

Fikrlar