Kellini: Hozirgi "Yuventus" so‘nggi 8 yil ichidagi eng kuchlisi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini kecha "Frozinone"ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng Krishtianu Ronaldu kelgach “keksa sinora” sezilarli kuchaygani haqida aytib o‘tdi.
“Hech kim Ronaldudan boshqacha o‘yin kutmagandi. Chempionlar ligasida omadsizlik tufayli maydondan chetlatildi, ammo, u baribir bizning eng muhim futbolchimiz bo‘lib qoladi. Aytishim mumkinki, hozirgi “Yuventus” so‘nggi 8 yil ichidagi eng kuchlisidir”, - deydi tajribali himoyachi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” A Seriyada o‘tgan 5ta turdan so‘ng 15 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar